Samarqandda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, va Milliya gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 150 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Uning yonidan 12 424 AQSH dollari, 200 Yevro, 9 600 Turk lirasi, 138 945 Rossiya rubli, 368 500 Qozoq tengesi va 500 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar