Samarqandda yuk mashinasi qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi
25-noyabr kuni soat 18:00lar atrofida Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi 4R-46 avtomobil yoʻlining “GAZ-53” rusumli yuk transport vositasi harakatlanib kelayotib, motor qismida qisqa tutashuv sabab yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqida Samarqand viloyati IIB xabar bermoqda.
Oqibatda yongʻin zudlik bilan tuman FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
Holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan transport vositasining texnik holatiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻrab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkentda Lacetti va Skuter ishtirokida YTH sodir bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Sharhlar