Samarqandda yuz ber YTH o‘lim bilan yakunlandi

Фото: УВД Самаркандской области

13-iyul kuni soat 13:00 atrofida Kattaqo‘rg‘on tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon – Trakt” avtomobil yo‘lining 94-kilometrida o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati.

Yo‘lning belgilanmagan qismida chap tomondan oʻng tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyoda Midibus SAZ NP 21 rusumli avtomobil g‘ildiraklari ostida qoladi.

Erkak viloyat tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan Kattaqo’rg’on tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.