Samarqanddagi savdo majmuasida ota o‘z o‘g‘lini tepqilab tashladi

Фото: URGUT TUMANI HOKIMLIGI

Ayni kunlarda “Voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan otani”ning kuzatuv kamerlariga muhrlanib qolgan videosi Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan holat yuzasidan Urgut tumani hokimligi rasmiy munosabat berdi.

Unga ko‘ra, “joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 14:30 lar atrofida Urgut tuman Mergancha mahallasida joylashgan Urgut Savdo kompleksiga savdo qilish uchun kelgan er va xotin voyaga yetmagan farzandlari bilan bozor bo‘ylab yurgan vaqtlarida bozor ichida ota, voyaga yetmagan taxminan 5 yoshli o‘g‘il farzandini oyog‘i bilan tepib yerga yiqitganligi holati, savdo kompleksida o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan”, – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan otani topish va shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, Urgut tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyati G‘o‘zor tumani Qovchin mahallasida yashovchi A.F. ekanligi aniqlangan. Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan so‘ng, natijasi keng jamoatchilikka ma’lum qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.