Samarqanddagi YTHda 14 yoshli bola vafot etdi

Foto: Bugun.uz

Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 14 yoshli bola halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 1 sentyabr kuni soat 20:30 larda sodir bo‘lgan.

M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida «VAZ-2107» mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan va «Spark»ning yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, «VAZ-2107» avtomobili haydovchisining 2010 yilda tug‘ilgan farzandi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.