Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: samgasi.uz

1-oktabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea  joyiga soat 23:54 da yetib borib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida eski qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.