Samira Ismoilova – Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi

Фото: минспорт

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari tashkil etildi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati yozmoqda.

“Kun davomida yoshlar o‘rtasida individual yakkalik poygalari tashkil etildi. Quvonarlisi, sportchimiz Samira Ismoilova qizlar o‘rtasidagi bellashuvda kumush medalga ega chiqdi”, – deyiladi xabarda.

🥇Mariya Yelkina (Qozog‘iston) – 22:50
🥈SAMIRA ISMOILOVA (O‘zbekiston) – 0:37
🥉Harshita Jaxar (Hindiston) – 0:46.

Shu tariqa, musobaqadagi jami medallar soni 3 taga yetgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.