Samira Ismoilova Osiyo chempionatida kumush medali sohibasiga aylandi

Foto: Sport vazirligi

7-iyun kuni Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari tashkil etildi.

Kun davomida yoshlar o‘rtasida individual yakkalik poygalari tashkil etildi.

Unda o’zbekistonlik sportchi Samira Ismoilova qizlar o‘rtasidagi bellashuvda kumush medalga ega chiqdi.

Mariya Yelkina (Qozog‘iston) – 22:50
SAMIRA ISMOILOVA (O‘ZBЕKISTON) – 0:37
Harshita Jaxar (Hindiston) – 0:46.

Shu tariqa, musobaqadagi jami medallar soni 3 taga yetdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.