Samolyot parvozi 132 ta hamster qochib ketgani uchun to‘rt kun kechiktirildi

фото: nypost.com

Portugaliyalik TAP yo‘lovchi samolyoti 132 ta hamster qochib ketgani sababli kechiktirildi. Aeroport xodimlari jonivorlarni qidirayotgan paytda samolyot to‘rt kun davomida Azor orollaridan ucha olmagan. Bu haqda Correio da Manh gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Portugal kompaniyasining Airbus A321neo samolyoti Lissabondan Azor orollaridagi Ponta Delgada shahriga bagaj bo‘limida hamster, parom va bir nechta qushlarni yetkazib bergan. Yuk mahalliy uy hayvonlari do’koni uchun mo’ljallangan edi, ammo qo’ngandan so’ng hamsterlar solingan qutilar shikastlangani va barcha 132 hayvonlar samolyot bo’ylab tarqalib ketganligi aniqlandi.
Aviakompaniya samolyotning qaytish parvozini noma’lum muddatga kechiktirishga majbur bo’ldi, ayni paytda aeroportning yerga xizmat ko’rsatish ekipajlari barcha hayvonlarni ushlab oldi. Asosiy qo‘rquv hamsterlarning elektr kabellarini chaynashi edi, deb yozadi gazeta.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.