Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biri Sankt-Peterburg deb nomlanadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Rossiyaning madaniy poytaxti nomini berish qarori bilan bo‘lishdi.
Rossiya prezidenti ushbu ko‘cha O‘zbekiston poytaxtining yangi tumanidagi eng chiroylisi bo‘lishini aytdi.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ham O‘zbekiston hukumatining tashabbusiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Bunday qaror — shahrimiz uchun katta sharaf hamda O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shahri bilan yaqin, do‘stona aloqalarimiz timsolidir. O‘zbekiston bilan sheriklik Peterburgning xalqaro hamkorlik sohasidagi bosh maqsadlaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda”, — deya ta’kidladi shahar rahbari.
Sharhlar