Sankt-Peterburga o‘zbekistonlik haydovchi otib ketildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi gimnaziya yaqinida bir erkak otib ketildi, deb xabar beradi “78.ru”. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u peterburglik advokatning haydovchisi bo‘lib ishlaydigan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
41 yoshli Rustambek A. Toyota Camry avtomobilida bolalarni gimnaziyaga olib kelgan, ularga hamrohlik qilish uchun mashinadan tushgan. Haydovchi mashinaga qaytib o‘tirayotgan paytida noma’lum erkak Makarov to‘pponchasidan uning gardaniga qarata o‘q uzgan. Nashr taxmin qilishicha, hujum qilgan shaxsning nishoni haydovchi bo‘lmagan, uni advokat deb o‘ylagan.
Ayni paytda jabrlanuvchi tirik ekanligi, ammo hushini yo‘qotganligi ma’lum. Hodisa oqibatida bolalarga zarar yetmagan. Voqea joyida shoshilinch xizmat xodimlari ish olib bormoqda.
O‘q uzgan shaxs qidirilmoqda. Hodisa joyida politsiyachilar Makarov to‘pponchasining 9 millimetrli o‘qini aniqlagan.
Sharhlar