Sankt-Peterburgda 16 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
24-iyun kuni Aleksandra Nevskogo prospekti va Ulitsa Dybenko bekatlari oralig‘idagi metro vagonida 16 yoshli qiz jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Gumonlanuvchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u qo‘lga olingan. Nevskiy tumani bo‘yicha tergov bo‘limi unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi “a” bandi (voyaga yetmaganga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchidan qo‘l telefoni olib qo‘yilgan bo‘lib, unda noodatiy holatlar borligini ko‘rsatuvchi video yozuvlar topilgan. Hozirda tergov uning boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirmoqda. Uni qamoqqa olish uchun sudga ariza yuboriladi.
Sharhlar