Sardor “Gangster”ga nisbatan ayollarni haqorat qilgani uchun ish ochildi
Qashqadaryoda “Gangster” tiktoker Sardorga nisbatan ayollarni haqorat qilgani uchun jinoiy ish ochildi, deb xabar bermoqda Uznews .
Internetda u qiz farzand ko‘rishni istamasligi, agar xotini qiz tug‘sa, uni axlatga tashlashini aytgan video tarqaldi. Bu so’zlar ijtimoiy tarmoqlarda keng rezonans va qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi.
Foydalanuvchilarning salbiy munosabatidan so‘ng, TikToker uzr so‘radi va uzr so‘ragan videomurojaatni e’lon qildi: “Hammadan kechirim so‘rayman, meni Alloh uchun kechiring”, — dedi u.
Mazkur holat yuzasidan Sardorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Ommaviy manbalarda haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar