Saudiya Arabistoni parlamenti delegatsiyasi O’zbdkistonga keldi

Foto: Oliy Majlis

30-iyun kuni Saudiya Arabistoni Sho‘ro Kengashi “Saudiya — O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi Muhammad bin Abdulaziz al-Jabra boshchiligidagi parlament delegatsiyasi mamlakatga tashrif bilan keldi. Mehmonlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev kutib oldi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tashrif davomida Saudiya Arabistoni parlamenti delegatsiyasining Oliy Majlis palatalari rahbariyati bilan uchrashuvlari, Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shahrining tarixiy va me’moriy obidalariga tashrifi rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.