Savdo do‘konlaridan hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlari topildi

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT “A.N.”ga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi N.A. xaridorga 1 quti “R1” nomli tamaki mahsulotini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 50 turdagi 2 535 quti tegishli hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R-A.” xususiy korxonasi savdo do‘konidan 673 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.