Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi xitoylik investorlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi Xitoyga tashrifi davomida xitoylik investor va tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
Muzokaralar davomida chet ellik investorlar bilan mamlakatda bizneslarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, kimyo sanoatida xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan tovar ishlab chiqarish korxonasini ochish, Markaziy Osiyo bozorlariga eksportni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda EKSPO markazini qurilishiga investitsiya jalb qilish, bundan tashqari “Tyankay Industrial Park”ini loyihalashtirgan Tyanszin loyiha injiniring instituti amaliyotini O‘zbekistonga tatbiq etish bo’yicha kelishib olindi.
Shuningdek, “Beijing Intermei Technology Co., Ltd” korxonasi bilan qiymati 7,1 mln. AQSh dollariga teng 3 000 tonna magizni Xitoyga eksport qilish bo’yicha shartnoma tuzildi.
Sharhlar