“SAXAL”: Xamasning harbiy qanoti komandiri Muhammad Deyf G‘azo sektorining janubiga berilgan zarba nishoniga aylandi

Фото: ЦАХАЛ

Xamas harbiy qanoti komandiri Muhammad Deyf hamda Xan-Yunis brigadasi komandiri Rafaa Salame Isroilning G‘azo sektori janubiga bergan zarbasining nishonlariga aylandi. Bu haqda “SAXAL” shanba kuni ma’lum qildi.

Isroil harbiylariga ko‘ra, Deif va Salame Al-Mavasi va Xan-Yunis o‘rtasidagi pastroq binoda bo‘lgan. Al-Mavasi va g‘arbiy Xan-Yunis hududlari Isroil tomonidan belgilangan gumanitar hududning bir qismi hisoblanadi, biroq “SAXAL” hujum aniqlik asosida berilgani va faqat Xamas ob’ektini nishonga olganini aytmoqda.

Shuningdek, zarba berilgan hududda yana bir necha o‘nlab XAMAS jangarilari, jumladan, qo‘riqchilar ham bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil harbiylari, shuningdek, zarbadan oldin va keyin sun’iy yo‘ldosh suratlarini e’lon qilib, “zarba qilingan hudud bir nechta bino va omborlardan iborat ochiq o‘rmonli hudud” deb yozgan.

G‘azoning Xamas nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, zarbada kamida 71 kishi halok bo‘lgan, 289 kishi jarohatlangan.

Reuters agentligi Xamas matbuot kotibi Abu Zuhriyning so‘zlarini chop etdi, u Isroil harbiylarining zarba Muhammad Deyfga qaratilgani haqidagi da’vosini “bema’nilik” deb atadi.

“Barcha shahidlar tinch aholidir, sodir bo‘lgan voqea Amerika qo‘llab-quvvatlashi va global sukunat bilan mustahkamlangan genotsid urushining jiddiy avj olishi bo‘ldi”, –  dedi u.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonining “Al-Hadas” telekanali manbalarga tayanib, Rafaa Salame Isroil zarbasi natijasida halok bo‘lgani, Muhammad Deyf esa og‘ir yaralangani haqida xabar beradi. Bu haqda Times of Israel yozadi. Hozircha bu ma’lumot tasdiqlanmagan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.