“Saylov kuni tinch va tartibli o‘tdi” – YXHTning maxsus uzoq va qisqa muddatli kuzatuvchilari
YXHTning maxsus uzoq va qisqa muddatli kuzatuvchilari ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkan saylov yakunlarining dastlabki bayonoti muhokama etildi. O‘zbekistonda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Parlament saylovlari davomli islohotlar, jumladan, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish sharoitida bo‘ib o‘tdi, deyiladi xalqaro kuzatuvchilarning bugun e’lon qilingan dastlabki bayonotida.
“Ushbu saylovlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Konstitutsiya va qayta ko‘rib chiqilgan Saylov kodeksiga kiritilgan muhim o‘zgarishlarni aks ettiruvchi yangi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazildi”, – deydi YXHTning maxsus koordinatori va qisqa muddatli kuzatuvchilari yetakchisi janob Azay Guliyev.
Saylov qonunchiligi bosqichma-bosqich rivojlanib, saylovlarga texnik jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lsa-da, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, saylanish huquqi, saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishning shaffofligi, saylovning fuqarolar tomonidan kuzatilishi va saylov uchastkasi natijalarini e’lon qilish kabi sohalarda xalqaro standartlarga rioya qilish bilan bog‘liq muhim masalalar saqlanib qolmoqda.
Ro‘yxatga olingan beshta siyosiy partiyaning barchasi qonun asosida erkin va teng sharoitlarda saylovoldi kampaniyalarini olib borishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ularning saylovoldi kampaniyalari vazmin ruhda bo‘lib, hukmron partiya yoki bir-birining siyosatiga jiddiy e’tirozlar bildirmadi.
OAVda saylovlarni yoritish so‘z erkinligi cheklovlari bilan olib borildi, oqibatda saylovchilar turli nuqtayi nazarlardan foydalanishlarining deyarli imkoni bo‘lmadi. Quvonarlisi, xotin-qizlarning nomzodlar orasidagi va saylov boshqaruvidagi vakilligi ancha yaxshilandi.
“Ro‘yxatga olingan beshta partiya hukumat siyosatini to‘liq qo‘llab-quwvatlovchi vaziyatda saylovchilarga muqobil variantlar taqdim etilmadi. Bu fuqarolarning ovozini chinakam ifodalash uchun yanada faol va raqobatbardosh siyosiy muhit yaratish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi”, – dedi YXHT PA delegatsiyasi rahbari Sargis Xandanyan. “Shu bilan birga, deputatlikka nomzodlar uchun gender kvotasi oshirilishi ijobiy o‘zgarish sifatida baholandi. Umid qilamizki, bu YXHT o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga muvofiq xotin-qizlarning jamoatchilik va siyosiy hayotdagi ishtirokini yanada oshiradi”.
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar orasida qayta ko‘rib chiqilgan saylov tizimi, partiyalar ro‘yxatini qayd etishning yangi qoidalari, saylovni boshqarish organlari faoliyatining o‘zgartirilgan qoidalari va gender kvotasi oshirildi, biroq bu o‘zgarishlarni amalga oshirishning nisbatan qisqa muddatlari xalqaro ilg‘or amaliyotlarga rioya qilish borasida savollarni keltirib chigardi.
Barcha darajadagi saylovga tayyorgarlik ishlari samarali olib borildi, Markaziy saylov komissiyasi majlislarini muntazam ravishda efirga uzatib, o‘z garorlarini tezkorlik bilan e lon qilgan holda, shaffoflikni ta’minladi. DIIHBning avvalgi tavsiyalariga qaramay, saylov jarayonining turli jabhalarida davlat va mahalliy boshqaruv organlari bilan chambarchas boglia bolgan, mahalliy o‘zini o‘zi boshgarish organi hisoblanuchi mahallalarning muhim roli quyi bo‘g‘in saylov komissiyalarining mustagilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etdi.
Saylov kuni tinch va tartibli o‘tdi.
Bu saylovlarda ayollar uchun gender kvotasi 30 foizdan 40 foizga oshirildi. Xotin-qizlar Qonunchilik palatasida vakolati tugayotgan deputatlarning 150 o‘rnidan 47 tasini egallab, nomzodlarning 45 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Senat spikeri, Qonunchilik palatasi spikerining yetti nafar o‘rinbosaridan biri va Bosh vazirning to‘rt nafar o‘rinbosaridan biri ayollardir.
Xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalar, mahalla qo‘mitalari va akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari saylovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashish huquqiga ega. MSK 851 nafar xalqaro kuzatuvchini ro‘yxatga oldi. DIIHBning avvalgi tavsiyalariga va YXHT majburiyatlariga zid bo‘lishiga qaramay, qonunchilikda saylovlarning fuqarolar kuzatuvi bo‘yicha tartib-qoidalar mavjud emas.
Sharhlar