Saylov natijalarini bekor qilishga urinish ishi: prokuror Trampga qarshi jarayonni davom ettirishni talab qilmoqda
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi saylovlarga ta’sir o‘tkazish maqsadida xususiy fuqaro sifatida “jinoyat qilgan” va jinoiy ta’qiblardan himoyalanmasligi kerak, dedi maxsus prokuror Jek Smit DC sudiga taqdim etilgan hujjatlarda, -bu haqida BBC xabar bermoqda.
165 sahifalik petitsiyada Smit Trampga qarshi sud jarayoni davom etishi kerakligini taʼkidlaydi va sobiq prezidentning Jo Bayden gʻalaba qozongan saylov natijalarini bekor qilishga urinishlari haqida qoʻshimcha dalillar keltiradi.
Murojaatni ko‘rib chiqish sanasi hali belgilanmagan, biroq bu 5-noyabrga belgilangan saylovdan oldin bo‘lishi dargumon.
Ulashish:
Sharhlar