O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar:
- Qirg‘iziston — 559,1 ming nafar;
- Tojikiston — 260,8 ming nafar;
- Qozog‘iston — 184,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;
- Rossiya — 50,3 ming nafar;
- BAA — 38,5 ming nafar;
- Turkiya — 34,4 ming nafar;
- Quvayt — 13,8 ming nafar;
- Misr — 8,2 ming nafar;
- Tailand — 6,2 ming nafar;
- Boshqalar — 37,1 ming nafar.
Ulashish:
Sharhlar