7 oyda O‘zbekistonga 4,2 mln sayyoh tashrif buyurgan
2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 4 242,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3% ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirgʻiz Respublikasi – 1 244,9 ming nafar;
- Tojikiston – 1 240,9 ming nafar;
- Qozogʻiston – 845,8 ming nafar;
- Rossiya – 442,1 ming nafar;
- Turkmaniston – 83,7 ming nafar;
- Turkiya – 62 ming nafar;
- Xitoy – 35,5 ming nafar;
- Hindiston – 33,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;
- Italiya – 19,5 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar.
Ulashish:
Sharhlar