“Semurg’ sug’urta” yana jarimaga tortildi, litsenziyasi vaqtinchalik to’xtatildi

Фото: Яндекс

“Semurg Insurance” sug‘urta kompaniyasi jarimaga tortildi va litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi.

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotlari tekshirilgandan so‘ng, belgilangan standartlar buzilishi aniqlanganidan so‘ng unga 31,5 million so‘m miqdorida jarima soldi.

15-oktabrdan boshlab “Semurg‘ sug‘urta” litsenziyasining amal qilish muddati 10 kunga to‘xtatildi, bu muddat davomida kompaniyaga yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish yoki amaldagilarini uzaytirish taqiqlandi.

Bu “Semurg‘ sug‘urta” kompaniyasining so‘nggi oylardagi ikkinchi jarimasi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.