Senat Anhor.uz so‘rovlariga javob bermayapti
Oliy Majlis Senati Anhor.uz saytining ikkita soʻroviga qonunda belgilangan muddat – 7 kun ichida javob bermadi.
17-iyul kuni tahririyat Oliy Majlis Senatiga Toshkent shahridagi yer usti piyodalar o’tish joylaridagi eskalatorlar ishlamayotgani yuzasidan quyidagi savollar bilan murojaat yubordi:
2023-yil dekabr oyida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narboyeva Muqimiy va Abdulla Qodiriy ko‘chalaridagi liftlar ishlamasligi, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi ikkita yerusti piyodalar o’tish joylarida, Shota Rustaveli ko‘chasidagi yer usti piyodalar o’tish joyida lift va eskalatorlar yo’qligini ta’kidlagan edi. Tanzila Narboyeva hukumat, Konchilik, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasidan Toshkent hokimligi bilan birgalikda ushbu masalani nazoratga olishni so‘ragan. Olti oydan ortiq vaqtdan keyin bu ish qanday ketmoqda? Lift va eskalatorlar mavjud bo’lmagan joylarda o’rnatiladimi?
Anhor.uz jurnalisti ushbu chorrahalarni kuzatib, eskalator faqat bittasida ishlayotganini, ko‘plab yer usti o‘tish joylarida liftlar ishlamasligini aniqladi. Bu masalaga qanday izoh bera olasiz?
2024-yil 6-avgust holatiga ko‘ra, tahririyat ushbu savollarga, shuningdek, 2024-yil 26-iyuldagi so‘rovga javob olmagan:
O‘zbekistonda kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashning samarali tizimini ishlab chiqishda qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi organlarga nima etishmayapti. Nima uchun yaxshi qonunchilik bazasi ushbu tizimlarni to’liq tartibga sola olmayapti?
Tamaki kontrabandasining oldini olish bo‘yicha davlat va jamoat miqyosida aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Lekin ularning amalda yomon ishlashining sababi nimada?
Parlamentning yuqori va quyi palatalarida alkogol va tamaki mahsulotlarini tartibga solish borasidagi ishlar qanchalik tizimli yo‘lga qo‘yilgan?
Mamlakatga kontrabandani olib o‘tish va qo’lga olish bo‘yicha parlamentning oxirgi tadqiqoti qachon o‘tkazilgan?
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida nazarda tutilgan tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan nazorat va eshituvlar qachon amalga oshiriladi? Vakolatli organlar bu boradagi ishlar yuzasidan Oliy Majlis oldida hisobdormi?
Sharhlar