Senat raisi YeXHT delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
YeXHT maxsus koordinatori Azay Guliyev hamda YeXHT Parlament Assambleyasi missiyasi rahbari Sargis Xandanyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdik, deb yozadi Tanzila Narbaeva telegramdagi sahifasida.
“Unda O‘zbekistonda xalqaro normalar hamda xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida olib borilayotgan demokratik jarayonlar yuqori baholandi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi qonunchilik islohotlari, gender tengligi hamda yoshlar siyosatiga berilayotgan alohida e’tibor ham qayd etildi”, – deyiladi xabarda.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalarining barcha sohalardagi ijobiy o‘zgarishlari, bu borada mamlakatimizning tashabbuskor roli haqida fikr almashdik.
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash hamda global migratsiya jarayonlari doirasida fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilingan.
Sharhlar