Sergelida MCHJni qasddan bankrotlika uchratgan shaxslar qo’lga tushdi 

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.T.” MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1,9 mlrd so‘mlik avtotransport vositalarini MCHJ balansidan chiqarib, korxonani to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirishib, kreditorning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

“Shuningdek ular yer qaridan qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatib, 256 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan” – deyiladi xabarda.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.