Sergrelidagi portlashda aybdor deb topilgan 4 nafar shaxsga hukm o’qildi

2023-yilning 28-sentabrida Toshkent shahar, Sergeli tumanida joylashgan “Interlogistics” MCHJ hududidagi omborxonada portlash yuz bergan edi va ushbu ishda 3 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olinib, 1 nafariga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.

Xabarga ko’ra, Sergelidagi portlashda aybdor deb topilgan 4 nafar sudlanuvchining har biriga ikki yil rahbarlik va yong‘in xavfsizligi yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga “Inter Logistics” MCHJ va “Polychem” MCHJdan 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, ushbu portlashda Sergeli tumanidagi 26 ko‘p qavatli uydagi 592 xonadon, 8 savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 maktab va 2 maktabgacha ta’lim muassasasining fasadlari, deraza ramkalari va oynalari shikastlanib, 24 ta ko‘p qavatli va 25 ta xususiy uyning tomlari zarar ko‘rgan edi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.