Server Ibragimov delegatsiyamizga navbatdagi kumush medalni taqdim qildi

Foto: olympic.uz

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz gʻaznasi yana bir medal bilan boyidi. Mahoratli para oʻq otuvchi Server Ibragimov kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Server Ibragimov P4 klassida 50 metrdan toʻpponchadan otish dasturida 215.3 ball jamgʻarib, shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi. Bu uning faoliyatida Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medal boʻldi.

Avvalroq, Server Ibragimov final chiqqanligi va ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da boshlanishi haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.