Server Ibragimov finalga chiqdi, 3 ta sportchi esa saralashdan o’ta olmadi
Para o‘q otish bo‘yicha aralash dasturda 50 metr masoafaga kichik kalibrli to‘pponchadan otish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi.
Ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Server Ibragimov bellashuvda 548 ochko jamg‘argan holda 3-o’rinni egalladi va medallar uchun kechadigan final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Shuningdek, ushbu dasturda ishtirok etgan yana bir vakilimiz Shahnoza Mamajonova 517 ochko bilan 21-o’rinni egalladi va saralashdan o’ta olmadi.
Para suzish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Dmitriy Xorlin erkaklar o‘rtasida S12 klassida 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bahslarida ishtirok etdi. Para suzuvchimiz 56.80 soniya natija qayd etdi va o’z guruhida 5-o’rinni egalladi.
Gʻolibbek Mirzayorov saralashda ishtirok etdi
Para velosport bo‘yicha erkaklar o‘rtasida C2 klassida shosse yo’nalishida vaqt poygasi dasturida ishtirok etgan sportchimiz Gʻolibbek Mirzayorov esa 2 daqiqa 21.66 soniya natija ko‘rsatib, 7-o‘rinni band etdi. Afsuski, ushbu sportchimiz ham ushbu natijasi orqali saralashdan o‘ta olmadi.
Ma’lumot uchun, Server Ibragimov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da boshlanadi.
Sharhlar