Server Ibragimov Parije-2024 Paralimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Фото: НПК

Paralimpiya o‘yinlarining 50 metr masofaga kichik kalibrli to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha final bahsida o‘zbekistonlik paraotuvchi Server Ibragimov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

U 215,3 ball to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining ikkinchi Paralimpiya sovrinini qo‘lga kiritdi.

О‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasining jami jamg‘armasida hozirda 15 ta medal bor: 6 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza.

Ayni damda О‘zbekiston medallar bo‘yicha 11-o‘rinni egallab turibdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.