Seyshel orollari O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 151-davlat bo‘ldi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegondlar uchrashuv o’tkazdi. Unda mamlakatlar orasida diplomatik aloqar o’rnatildi. Bu haqida TIV rahbari o’z telegram kanalida e’lon qildi.
“O‘zbekistonning hamkorlari yana bittaga ko‘paydi. Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdik. Seyshel orollari Tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond janoblari bilan uchrashuvimiz chog‘ida biz tegishli Qo‘shma Kommyunikeni imzoladik. Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, – deydi vazir Baxtiyor Saidov.
Sharhlar