Shahrisabz tumanida fuqarolarni paxta terimiga majburlagan mahalla raisi jarimaga tortildi

«Cotton 100%» Михаила Бородина
Скриншот фильма «Cotton 100%» Михаила Бородина. Фото: Alternativa Film

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat bo‘yicha milliy komissiya tomonidan paxta terimiga chiqmagan fuqarolarga nafaqa to‘lanmayotgani, shuningdek, maktab o‘qituvchilarining paxta terimiga majburan jalb etilishi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar atroflicha o‘rganib chiqildi.

“O’rganish natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Paxtakor” MFY raisining nafaqa oluvchilarga tegishli bo‘lgan ovozli xabari asosida fuqarolar majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi. “Nafaqa oladiganlar paxta terimiga chiqishlari shart, aks holda ularga bolalik nafaqasi to‘lanmaydi”, — deyiladi komissiya xabarida.

Huquqbuzarga O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi birinchi qismiga muvofiq, BHM ellik baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

“Paxta terimi jarayonida mehnat qonunchiligi talablarining buzilishi yoki fuqarolarni paxta terimiga majburlash bilan bog‘liq har qanday fakt zudlik bilan o‘rganilib, mas’ul xodimlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi, shuningdek, ish beruvchilar va hududlar rahbarlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta’minlashlari shart”.

Komissiya eslatib o‘tadiki, Konstitutsiyaga ko‘ra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, qulay mehnat sharoitlari, mehnatga adolatli haq to‘lash huquqiga ega. Shuningdek, mamlakatda majburiy mehnat taqiqlangan, milliy qonunchilikda bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan, deya xulosa qiladi departament.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.