9 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini olib ketyotgan fuqaro qo’lga olindi

Foto: departament

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri “Sariosiyo” MFY da joylashgan qurilishi tugallanmagan bino hovlisida turgan “Isuzu” rusumli avtomashina yuk xonasi ko‘zdan kechirilganida fuqaro B.A. umumiy bahosi 168,5 mln so‘mlik 6 turdagi jami 9 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini kelgusida viloyat bo‘ylab o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.