Shahrisabzda hokim yordamchisi fuqarolar nomidan foydalalanib kredit mablag‘larini o’g’irladi
Shahrisabz shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi F.A. mansab mavqeidan foydalanib, to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati uchun texnikalar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari R.M. bilan til biriktirib, 2022-2023-yillarda naslli chorva mollari sotib olish, parrandachilik, asalarichilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish va boshqa maqsadlarda 14 nafar fuqaro nomidan imtiyozli kredit olish uchun shartnoma va hisob-faktura hujjatlariga elektron raqamli imzo orqali soxta ma’lumotlar kiritgan holda aksiyadorlik tijorat bankiga taqdim etishgan. Natijada, bank tomonidan 440,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.
Bundan tashqari, hokim yordamchisi boshqa MCHJ rahbari X.S. bilan ham kelishib, 25 nafar fuqaro nomidan soxta ma’lumotlar taqdim etish orqali ATBdan 733,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishgan. Shu tariqa, jami 1 mlrd. 173,6 mln. so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.
Hozirda hokim yordamchisi, MCHJ rahbarlarihamda boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksininng 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar