Shahrisabzda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Фото: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmatining xabar berishicha Shahrisabz shaharda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Kesh” MFYda yashovchi fuqaro N.Q. o‘zining yashash xonadonining yerto‘lasida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqargan.

Bu faoliyat davomida fuqaro 604 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan. Reyd tadbirlari davomida  320 kg. chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.