Shahrisabzdagi texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish bahosi 3 800 AQSH dollari
Shahrisabz shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi, deb yozmoqda Departament.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.Yu. va boshqalar fuqarolar I.X., K.H. va M.Yo.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Shahrisabz shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilishib, evaziga jami 3 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarning to‘liq qaytarilishi ta’minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar