Shahrixonda qurilish tashkiloti 600 mln.ga yaqin qarzini to’lab berdi
Shahrixon tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi qurilish tashkilotining soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagani sabab 1 mlrd. so‘mdan ziyod qarzdorlik shakllangan.
Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan qarzdor ogohlantirilib, ixtiyoriy muddat berilgan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida qurilish tashkiloti tomonidan qurib bitkazilgan 103 ta xonadonga taqiq qo‘yilgan. Tayyor xonadonlarni sotish imkoniyati cheklangani sabab quruvchi tashkilot soliq qarzlarini bartaraf etishga kirishdi.
Hozirda, qarzdor tomonidan 583 mln. so‘m naqd pul ko‘rinishidagi pullar davlat foydasiga topshirildi.
Soliq qarzining qolgan qismini undirish yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar