Sharofiddin Boltaboyev mezbon sportchini musobaqadan chiqarib yubordi

Фото: НОК

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev chorak final yo’llanmasiga ega bo’ldi. Bu haqida OlympicUz xabar bermoqda.

Sharofiddin Boltaboyev hozirgina yakuniga yetgan bellashuvda fransiyalik Omar Jalo ustidan g’alaba qozonishga erishdi. Uning yarim final yo’lidagi raqibi janubiy koreyalik Li Jun Xvan bo’ladi.

Biroz avval, Sharofiddin Boltaboyevning ilk raqibi diskvalifikatsiya qilinganligi haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.