Sharofiddin Boltaboyevning ilk raqibi diskvalifikatsiya qilindi

Фото: НОК

Bugun dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini iroqlik Sajjad Sehenga qarshi bahs bilan boshlashi kerak edi.

Biroq raqib sportchi diskvalifikatsiya qilingani bois Boltaboyev toʻgʻridan toʻgʻri keyingi davraga oʻtmoqda. Unda Boltaboyevga Zelim Tchkayev (Ozarbayjon) va Omar Jalo (Fransiya) bahsi g’olibi raqiblik qiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.