Shavkat Mirziyoev Astanaga tashrifini yakunladi va Toshkentga qaytdi
О‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Astana shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarini aeroportda Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.
Bugun “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda prezident mintaqa davlatlari bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni bildirdi.
Ulashish:
Sharhlar