Shavkat Mirziyoуev 2030-yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi

Фото6 Открытые источники

О‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “2030-yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Strategiya quyidagilarni ta’minlaydi:

– sun’iy intellekt (Artificial Intelligence, AI) asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish;

– YaIDXPda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

– sun’iy intellekt texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochish va yuqori unumli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

– О‘zbekistonni hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi (Government AI Readiness Index)  bo‘yicha yetakchi 50 davlat qatoriga kiritish.

Raqamli rivojlanish vazirligi qoshida tashkil etilayotgan AI va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi AI tizimlarini ekspertizadan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Moliyalashtirish Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va startaplarda ishtirok etish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Tiklanish jamg‘armasi AIni rivojlantirish uchun foizsiz kredit shaklida 50 million dollar ajratadi.

AIni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar:

  • bank-moliya sohasida – firibgarlikning oldini olish, to‘lov qobiliyatini baholash (skoring), bozor prognozlari;
  • soliq va bojxona sohasida – yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, shubhali bojxona operatsiyalarini prognozlash, tavakkallarni boshqarish;
  • sog‘liqni saqlashda – diagnostika va davolash usullarini tanlash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish, bemor ma’lumotlarini boshqarish;
  • qishloq xo‘jaligida – hosildorlikni prognozlash, qishloq xo‘jaligi resurslarini boshqarish, ekinlar, parrandachilik, baliq, chorvachilikni yetishtirish monitoringini olib borish;
  • energetika sohasida – energiya resurslarini boshqarish, ishlab chiqarish va taqsimlashni optimallashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirish va ularga bo‘lgan talabni prognozlash.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.