Shavkat Mirziyoуev Markaziy Osiyoda suvni tejovchi teхnologiyalarni joriy etish markazini tashkil qilishni taklif etdi

Фото: Prezident.uz

О‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoуev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

“О‘ylaymanki, qo‘shnilarimiz ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi u OIIB Boshqaruv kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishidagi chiqishida.

Mirziyoev bugungi kunda Markaziy Osiyo aholisi soni 80 million kishidan oshganini ta’kidladi.

“Kelgusi besh yilda mintaqada yalpi ichki mahsulot hajmi 700 milliard dollarga yetishi kutilmoqda”, – dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, О‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyoda yirik infratuzilma loyihalariga ehtiyoj kun sayin ortib borayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, mintaqada oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari tanqisligi muammolari ayniqsa keskinlashmoqda.

“О‘zbekiston bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqdi va yaqin besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish hisobiga 15 milliard kub metr suvni tejash bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishga kirishdi”, — dedi Mirziyoуev.

Biroq, suv muammosini hal qilish uchun butun mintaqa davlatlari va xalqaro moliya tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati zarur, deya qo‘shimcha qiladi u.

OIIB Boshqaruv kengashining ikki kunlik yig‘ilishi 26-sentyabr kuni davom etadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.