Shavkat Mirziyoyev – Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev yadro uloqtirish bahsida g‘olib bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari ularni qizg‘in tabriklab, mehrli so‘zlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi.

Paralimpiyachilarimiz tabrik va doimiy e’tibori uchun Prezidentimizga rahmat aytib, yangi g‘alabalarga erishishga va’da berdilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.