Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi:
“Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, o‘zimning qizg‘in tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman“, -deyiladi Prezident tabrigida.
Saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQSHni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bundan keyin ham Tramp boshchiligingizdagi AQSH Administratsiyasi bilan do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirgan.
“Ishonchim komilki, kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi”, -deya iliq tilaklar bilan o’z tabrigini bildiradi Prezident.
Sharhlar