Shavkat Mirziyoyev Falastin va Livandagi vaziyatni qoralashini bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqida bu masalaga alohida to‘talib o‘tdi.

“Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida bormoqda. G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz.

Mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro me’yoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir.

Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yechim topilishiga umid qilamiz”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.