Shavkat Mirziyoyev – Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi

Фото: Президент матбуот хизмати

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi, deb yozmoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.