Shavkat Mirziyoyev: “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari Forumini ta’sis etishni taklif qilamiz.

Foto: t.me/shmirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitidagi nutqida “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari Forumini ta’sis etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Shuningdek, uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yili mintaqadagi qadimiy shaharlardan biri, nemis-mennonitlarining katta jamoasi yashagan Xivada o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirdi.

Qolaversa, Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan investitsion va texnologik sheriklik, ilg‘or bilim va texnologiyalarini joriy etish asosida muhim xom-ashyo resurslari sohasidagi hamkorlik, “Yashil” energetika,  Iqlim o‘zgarishi, transport kommunikatsiyalarining, jumladan, yer usti va havo tashuvlarining zaif rivojlanganligi sherikchilikni chuqurlashtirishda eng katta to‘siq bo‘layotganligi kabi masalalar yuzasidan fikr bildiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.