Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida Afgʻoniston haqida gapirdi
Oʻzbekiston rahbari Markaziy Osiyoda xavfsizlik sohasidagi vaziyat Afgʻonistonda roʻy berayotgan jarayonlar bilan chambarchas bogʻliq ekanini taʼkidladi.
— Oʻz muammolari bilan deyarli yakka oʻzi qolgan ushbu mamlakatda gumanitar inqirozning chuqurlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik muhim, deb hisoblaymiz,
— dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari bilan birigalikda Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb qilish va chegaradosh Termiz shahridagi Taʼlim markazi negizida Afgʻoniston tinch hayoti uchun zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar, shu jumladan xotin-qizlarni tayyorlashga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirdi.
Tadbir yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
Sharhlar