Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron prezidenti bo‘lgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.

Davlat rahbari o‘z maktubida  mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lgan, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz”, – deyiladi maktubda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.