Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.
“Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya a’zolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnashdi.
Sharhlar