Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

Фото: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.